Sahifa yuklanmoqda . . .
Ra - Asarlar - ra so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
— Haykal,— dedim,— sen ko‘rsatgan tomonga borib keldim. Hech narsa yo‘q. Qo‘lingni tushiraver endi. Qo‘lini tushirishdan uyalib, jim turaverdi haykal...
Navqiron kuz saltanatida Bir tavakkal fitnadir bu on. Kuz titrandi nogoh taxtida — O, Yer — Ko‘kda oppoq g‘alayon...
Saraton — ochiq yuz, Baxtiyorim ketdi. Qolmadi men bilan Beqarorim ketdi. Ey, barg, sening kabi Men ham sarg‘aydim, Vaqtning qo‘llarida E’tiborim ketdi...
Meni asta-asta xazon aylar dard — Meni yuta boshlar torlik, tanqislik... "Yo‘lim qani?", deyman — ko‘rinadi qalb, "Manzil qayda", deyman — kelar yolg‘izlik.
Yozda yosh to‘kaman hammadan pinhon, "Oh"imga to‘ladi "oh"siz olamlar. Egam, mana bu — Yer, Mana bu — Osmon... Nega faqat o‘zin ko‘rar odamlar?
Yeru ko‘kni ko‘mding ziyoga — Mehru shafqat ko‘rgazding, jabbor. O‘sayotgan har bir gayohda Bandalarga talpinishing bor...
Chegara yo‘q qish bilan kuzda — Tashqarida qaysi fasl, kun? Qish ertachi chiqqanmi ishga— Tong otmadi — uzaydi bu tun...
Qizg‘aldoqlar gulxaniga Isingani ketdim men... Gulxanning eng ulkaniga O‘lmay turib yetdim men.
Mayda tashvishlarda maydalandim men — Ming taraf yugurdi mingta bo‘lagim. Eski yo‘llarimda qaytalandim men — Tilagim to‘zidi, toldi yuragim.
Mening ko‘kragimda otlar chopadi, Mening ko‘kragimda beayov qirg‘in. Ming bitta yuragim o‘lim topadi, Ming bitta hayotim bo‘ladi surgun.
Saratonning samovatida Qovjiragan bir parcha abr, Dunyo — quyosh otashgohida — Vujudini yoqar besabr...
Chida, yurak — zormonda, Samovatda — qo‘llarim. Quyosh ko‘kda chirmanda — Kuyib ketdi qo‘llarim.
Yolg‘izgina jahonim, Osmondagi tobonim, Mening ko‘nglim to‘lmadi — Ko‘nglimni to‘ldir, jonim.
Hikmatni ko‘p ko‘rdim bu dahri dunda — Kulgili bo‘lmasmi bir sirni ochsam. Quyosh tomon yursam — soyam ortimda, Soyam oldindadir quyoshdan qochsam.
Shamollarda ko‘zimdan Uchgan yoshimsan, yor-a. Ko‘ngil tubiga cho‘kkan Otash toshimsan, yor-a.
Nogoh sovuq tushdi, Nogoh qor tushdi — Gullagan boqqami, Nodon yurakka. Yashil saltanatim Tush kabi uchdi, Yashil saltanatim Qotdi ko‘lmakda.
Siz qarg‘aysiz taqdiringizni, Ham aytasiz unga tashakkur: — Biz yo‘q qildik bir-birimizni... Biz yo‘q qildik...Xudoga shukur!...
Saratonda gullar o‘ladi, Sarg‘ayadi egasiz tuzlar. Hali qayg‘urmasang bo‘ladi — Hali kuzlar keladi, kuzlar.
Yiqildingmi?... Ko‘zlaringda Buncha alam, Buncha alam! Ustu boshi chang ko‘rmagan, Dard ko‘rmagan Erka bolam!
Uzun kechalar keldi. Xatoni kashf etmoqni, Xatoni mahv etmoqni O‘ylashga yetdi fursat.
Qishga "xayr-xo‘sh"ni iymanib aytdi, Bahorga — ko‘ngli bor — nim jilmaydi mart. Mening ketgan do‘stim bir tunda qaytdi, Bir tunda kurtakni yorib chiqdi barg.
Daraxtlarni zulumot ko‘mdi. Daraxtlarga qarg‘alar qo‘ndi. Zulumotni oralab, noxush Qanot qoqib, o‘tdi bir boyqush.
Bog‘lar — aniq. Chizib qo‘yilgan. Har bir butoq — bir o‘ychan tasvir. Go‘yo bunda ming yil kuyingan, Zahmat chekkan Chinlik musavvir.
Barcha ertaklarning Qahramoniman. Ertakda yashamoq — O, naqadar soz. Parqu bulutlarning Oppoq yonidan, "Uchar galam"larda Qilaman parvoz.