Sahifa yuklanmoqda . . .
Falsafiy hikoyalar - Falsafa - hikmatlar ilmi. Dunyo sinoatlarga to'la. Atrofga teran nigohlar bilan boqa olgan kishilargina ularni idrok eta oladi. Agar siz falsafiy mushohadalar yurituvchi oqil do'st izlayotgan bo'lsangiz, ular falsafiy asarlar ekanini unutmang. Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon adabiyotidagi eng sara falsafiy hikoyalar o'rin olgan.
Tana-to‘shi qotmadan kelgan, bo‘y-basti, qad-qomati mirzaterakday tik; chollikdan-dollikdan, behollikdan so‘z ochsangiz, hali-beri qariyalikni bo‘yniga oladigan ahmoq yo‘q, deya ilmoqli savolingizni o‘zingizga chalpak qilib yopishtirib qo‘yadigan chapaniroq, ayni choqda tanti, yuzlari hamon Baxmalning “besh yulduz” olmasiday tiniq To‘lanboy otaning yoshi yetmishga tutashib qolganiga qaramay, sovitilgan otday! Kunba-kun yasharib borayotganiga ayrim uzangi-yo‘ldoshlari havas qilsa, boshqalari hasad qilib qo‘yarlar.
Ushbu hikoyada odamning butun boshli taqdiri hikoya qilinadi. Unda Rahima ismli ayolning hayoti, kechmish-kechinmalari qalamga olinishi misolida o'quvchi umr va uning mazmuni haqida chuqur falsafiy mushohada yuritish imkoniga ega bo'ladi.
Ushbu hikoyada bir inson taqdiri misolida hayotning murakkab qiyofasi, inson umrining silsilalari haqqoniy tarzda yoritib berilgan. Asarni o'qir ekansiz, beixtiyor dunyo, hayot, taqdir, umr mazmuni haqida chuqur mushohadalarga borasiz...
Hayot juda qiziq. U biz kutmagan tasodiflarga to'la. Kimdir birovga yaxshilik qilaman deb bilmay yomonlik qilib qo'ysa, boshqa kimdir birovga yomonlik tilab qilgan harakati aksincha natija berishi ham mumkin. Shuning uchun ham dono xalqimiz "Birovga chox qazisang, o'zing yiqilasan", deydi... Agar siz bir kambag'al yigitning hayotini ermak qilib huzur topishni niyat qilgan kishining qilmishi qanday oqibatlarga olib kelganini bilishga qiziqsangiz, ushbu hikoyani, albatta, o'qib ko'ring.