Sahifa yuklanmoqda . . .
Bog‘lar — aniq. Chizib qo‘yilgan.
Har bir butoq — bir o‘ychan tasvir.
Go‘yo bunda ming yil kuyingan,
Zahmat chekkan Chinlik musavvir.
Olam — go‘zal yalang‘ochlikda!
Har bir daraxt — bir daho surat.
Faqat qarg‘a bu daholikka
Qo‘nmoqlikka qiladi jur’at.
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).