Sahifa yuklanmoqda . . .


Yiqildingmi?... Ko‘zlaringda...

Yiqildingmi?... Ko‘zlaringda
Buncha alam,
Buncha alam!
Ustu boshi chang ko‘rmagan,
Dard ko‘rmagan
Erka bolam!
Shiddatingning shamoliga
Hushing bir zum
Shaydo bo‘ldi...
Sening ravon yo‘llaringda
Bu tosh qaydan
Paydo bo‘ldi?

Yoki aqling yetganmidi,
Endi toshlar
Qolmagan deb?
La’natlading, bolam meni
Yo‘ldan toshni
Olmagan deb...
Erka bolam, kechir meni,
Oqsuyagim,
Muruvvat qil!
Toshli-toshli bu dunyoda
Maysaday xor
Yashadim, bil.
Toshlar bilan kurash tushdim
Kurash bekor
Ketmagandir,
Qolgan bo‘lsa biror zil tosh,
Bolam, kuchim
Yetmagandir...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

320 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bola ota yo'l tosh qarg'ish la'nat kurash maysa
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari