Sahifa yuklanmoqda . . .


Chida, yurak — zormonda...

Chida, yurak — zormonda,
Samovatda — qo‘llarim.
Quyosh ko‘kda chirmanda —
Kuyib ketdi qo‘llarim.
Kul bo‘ldi Yerda tinchim..
Surishtirmay g‘amimni —
Yangi oyning qilichi
Bo‘lakladi tanimni.

Yulduzlar orasida
Sukut qotgan — behudud.
Sukunatning dastida
Pajmurda bo‘ldi vujud.
Samovatda dovullar
Ko‘chmay turib so‘zimga,
Uchar toshlar lovullab,
Bosib kirdi ko‘zimga.
Tark etmoqda hayotni
Jondagi so‘nggi uchqun.
Ayb — menda!
Samovatni
Yerga tushirdim nechun?..

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Mayda yuklangan

1067 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
chidam yurak dunyo quyosh ko'k chirmanda kul yer tan g'am
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari