Sahifa yuklanmoqda . . .


Mening ko‘kragimda otlar chopadi...

Mening ko‘kragimda otlar chopadi,
Mening ko‘kragimda beayov qirg‘in.
Ming bitta yuragim o‘lim topadi,
Ming bitta hayotim bo‘ladi surgun.
Ruhim va dunyoning janggohlarida
Oyoqosti bo‘ldi faqat sabil jon,
Shiddatning yeldirim saboqlarida
O‘lim oson erur,
Tanu jon — arzon.
Qaytinglar! Erisin ko‘ngilning cheri,
Axir, boru yo‘g‘im fido bo‘ldi, bas...
Ming bitta yurakdan qaytadi biri,
Ammo hayotimning biri ham qaytmas...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Mayda yuklangan

703 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
iztirob ot ko'krak qirg'in o'lim yurak ruh dunyo jang hayot
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari