Sahifa yuklanmoqda . . .

Voqeiy hikoyalar

Voqeiy hikoyalar - Hayot juda qiziq. Har bir insonning hayotida unutilmas lavhalar bo'ladi va ana shu lavhalar xotiramiz qa'rida shamchiroq bo'lib, shuurimizning olis puchmoqlarini ham yoritib turadi. Ushbu to'plamga mashhur yozuvchilarning hayotida ro'y bergan yorqin voqealar aks etgan hikoyalar kiritilgan.

Bolalik inson hayotining eng go'zal, eng beg'ubor damlaridir. Biroq bu beg'ubor osmonni qora bulutlar qurshab olsa, nima bo'ladi? Bolalikda sodir bo'lgan har bir voqea murg'ak vujudning xotira daftariga o'chmas harflar bilan bitiladi. Bordi-yu bolakay mash'um hodisaga guvoh bo'lsa, bu uning qalbida bir umr jarohat bo'lib qolishi shubhasizdir. Ushbu hikoya avtobiografik xarakterga ega bo'lib, unda yozuvchining og'ir bolalik xotiralari qalamga olingan.

5702
Voqeiy hikoya
Odil Yoqubov

"Kecha tog'ang berib ketgan zog'oradan ikkitasini olib qo'yganman, birgalashib choy ichamiz", "Voy o'lay, qutlug' uydan quruq ketasanmi, bolam? Bir nima olib ket", "Xayr, o'g'rigina bolam, kelib tur". Bu tunda uyini o'marish uchun kelgan insonga uy sohibasining aytgan so'zlari edi. Voajab! Kim o'g'riga bunday munosabatda bo'ladi?! Buning ustiga urush davrining og'ir qahatchiligi damlari bo'lsa... Javob bitta: faqat o'zbek ayoli!

1923
Voqeiy hikoya
G'afur G'ulom