Sahifa yuklanmoqda . . .

Hikoyatlar

Hikoyatlar - Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyoda yashovchi xalqlar adabiyotshunosligida kichik hajmdagi nasriy yoki nazmiy asarga nisbatan qo'llanadigan atama.

Kunlardan bir kuni uning bazmida ovqat vaqtida, podshohning ham ishtahasi yaxshi bo‘lib turganda, falokat bosib, falokat uning oyog‘iga tosh urdi: issiq oshni podshohning boshiga to‘kib yubordi! Odamlar: “Podshoh endi uni o‘ldiradi. Gunohiga loyiq jazo shudir!” deyishdi. Shoh esa qulning xafaligini ko‘rib, kechirdi ham ozod qilib yubordi.

656
Hikoyat
Alisher Navoiy

Kunlarning birida Muhammad Porso Makkaga boradigan bo‘lib qoldi. Xoja Abu Nasr ham shu ishga jazm qildi. Otasi yo‘lboshchilik taraddudida bo‘lsa, o‘g‘li unga eng yaqin sirdosh mahram bo‘ldi. U cho‘lda ketayotib, bir qadam bossa, bu ham unga ergashib, izma-iz, qadam-baqadam borardi. Bir necha kun davomida ular cho'lni bosib o‘tib, (nihoyat) maqsad manziliga ham yetib bordilar.

532
Hikoyat
Alisher Navoiy

Yazdijird jahon mulkini tark etgach, Bahrom maishatga berilib ketdi. G‘aflat bodasi uni mast qilib, mastgina emas, bodaparast qilib qo‘ydi. Shoh mayni ichib, mastlik uyqusiga ketishi bilan boshqa mastlar uning mamlakatini xarob etishga boshladi. Ko‘ngli xastalarning ko‘nglini ovlashni o‘ylamay, ishlari faqat dashtda ov qilish edi. Ichkilik ichib, yomonlik qiluvchilar uning mamlakatini yer bilan yakson qilishdi.

461
Hikoyat
Alisher Navoiy

Chin mamlakatida bir nozanin bor edi. Uning suratini chizishga Chin rassomi ham ojiz edi. Yuzining gulzori Xo‘tan diyorini eslatardi; ko‘zi shu gulzorda yurgan mushkin ohuga o‘xshardi. Nurli yuzi Chinda chizilgan suratdek bo‘lib, gajagi Xo‘tan mushkidek xushbo‘y edi. Shafqatsiz g‘amzalari jonlarni asir qilar, hatto unga Xitoy mamlakatining xonlari ham asir edi. G‘amzasining o‘g‘rincha harakatlaridan Chin xatarda; sochi zunnoridan din ziyon topardi.

224
Hikoyat
Alisher Navoiy

Kunlarning birida u o‘glini oldiga chaqirib, mehribon qo‘li bilan uning boshini silay boshladi. Odatda otalikning qonun-qoidasi bo‘lganidek, bu odamlarni bolaga nisbatan muhabbatli bo‘lishga olib keladi. Uning fe’l-atvorida ham mehr belgilari zohir bo‘lib, har nafasda o‘z mehr-muhabbatini izhor etishga urinardi. Uning yagona bir qiz farzandi ham bo‘lib, jon va ko‘ngul iplari unga bog‘langan edi. U misoli poklik pardasi ichidagi porloq Quyosh bo‘lib, umri vaqtidan endi olti yosh o‘tgan edi.

360
Hikoyat
Alisher Navoiy

Rindi Bani Isroili degan bo‘lib, may deb mayxonalarda tilanchilik qilardi. May uning hayotining ozig‘i bo‘lib, xalq orasida Maymana ismi bilan tanilgan edi. Gavdasi ko‘zacha yashashga nuqsonsiz bo‘lganidek, o‘zining Rind degan ismi mayga berilganligini bildiradi. Mayxonadagi odamlarning ichayotgan idishini tortib olib, tagida qolgan bir qultumini ichib yuborardi. Tagida qolgan may quyqasidan bir yutum tegmay qolsa, o‘sha zahoti musibat yuz berardi.

179
Hikoyat
Alisher Navoiy

Urush maydonida katta jang borar ekan, islomiy guruh kofirlar bilan olishayotgan paytda kofirlar qo‘shini safidan bir yuraklisi - deyish mumkinki, ajal xanjaridek qotili - adovat bilan maydonga otida javlon urib kirib keldi. (Islom) dinining askarlarini o‘ldirish bilan tig‘ini charxlar, o‘tkirlashtirib, dushmanning yangi askarlarini maydonga chiqishga talab qilib na’ra solardi.

240
Hikoyat
Alisher Navoiy

Hamma iqlimlarni qo‘lga kiritgan shoh Iskandar jahon mamlakatining taxtiga ega bo‘ldi. U borib olmagan biron yer qolmadi. Biron yer qolmadiki, u bormagan bo‘lsin. Dunyodagi hamma yer va suv uning hukmiga o‘tib, xo‘l-u quruq buyrug‘ining qavzasiga tushdi. Osmonning ko‘k gumbazi ustida xutba o‘qib, adolat tamg‘alarini (oltin, kumushga emas), yulduzlarga urdi. Shohlar o‘z ixtiyorlari bilan unga qul bo‘lishdi; unga qul bo‘lish bilan ular faxrlandilar. U ham shoh edi, ham valiy, ham payg‘ambar. Uning tabiati esa donishmandlik bilan rostlangan edi.

235
Hikoyat
Alisher Navoiy

Bir kecha hurmatli Ayyub Ilohiy sirlar kayfidan mast bo‘lib, toat-ibodat qilib, shamdek ko‘zidan yoshlar to‘kib o‘ltirar edi. U durdek ko‘z yoshi dengiziga g‘arq bo‘lib, kuyib-yonishda shamga qo‘ldosh edi. Xilvatda bir burchakni o‘ziga maskan qilgan, go‘yo bir qutichaning ichidan eng toza dur o‘rin olgandek edi.

284
Hikoyat
Alisher Navoiy

Fano bog‘ining gul tupida o‘ltirib shuhrat qozongan kishining gulshani Suxravard edi. U nafs-u havo deviga yo‘l bermaslik uchun osmonning haqiqat avjidagi uchar yulduzi bo‘lgan edi. Bir kuni u xalifaning saroyi tomon bordi. Bu Haq rahmatining ofatga qarshi borganiga o‘xshardi. Hijoz aholisi Ka'baga e'tiqod qilgani singari xalifa Musta'sim ham

280
Hikoyat
Alisher Navoiy

Sirdonlar davrasining podshosi, dunyodagi barcha dindorlarning imomi Faxriddin Xorazmni o‘ziga oromgoh qilganda, uni ko‘rishga Xorazmshoh kelmadi. U so‘rab, buning oldiga kelmagandan keyin, ilmining qadr-qimmatini saqlab, bu ham bormadi. Shoh o‘z qilmishidan uyalib, pushaymon bo‘ldi. Lekin imom bunga parvo qilmadi. Orada ko‘p pardali gap-so‘zlar o‘tdi. O‘rtadagi parda esa ko‘tarilmagandan so‘ng bu gap-so‘zdan ne foyda.

161
Hikoyat
Alisher Navoiy

To‘qayda bir yirtqich sher bor edi. Vahshatda osmon sheridek qo‘rqmas edi. U bolalari bilan o‘ynab, zavqqa to‘lganda, chumolilar uning bolasini talab qiynardi. U o‘zining ajralmas bu boyligi – farzandini og‘zida tishlab asrar edi. O‘sha to‘qayda bir durroj ham bo‘lib, bu yirtqich sherning vahmidan doim qo‘rquvda edi

5638
Hikoyat
Alisher Navoiy

Fano ko‘yida boqiy turgan odam zamon faxri - Shayxi Iroqiy edi. Uning ko‘ngli ishq sirlarining xazinasi bo‘lib, uning gaplari ishqning (yomg‘ir o‘rniga) gavhar yog‘diradigan bulutlarni eslatardi. Uning tabiati ishq o‘ti bilan yo‘g‘rilgan, «ishq» so‘zining harflari esa uning peshonasiga yozib qo‘yilgandek edi. Lekin bu ishq o‘tining da’vosi unda bo‘lsa ham, (kishilar ko‘ziga) taqvo pardasi bilan yopib yurardi. Bir necha vaqt u Misrni o‘ziga makon qildi

257
Hikoyat
Alisher Navoiy

Eshittimkim, baxtli podshoh, to‘rt ulusning xoni Temur Ko‘ragon iqlimlarni fath etishga kirishganda, Hindistonda qattiq jang bo‘ldi. Unga g‘alaba yuz ko‘rsatib, taqdir dushman lashkariga shikast soldi. Dushmanlarning hammasi dinsiz bo‘lgani uchun (Temur) bek: «Hammasini qilichdan o‘tkazinglar!» - dedi. O‘liklarning ko‘pligidan dashtlar to‘lib ketdi. Qizil qon Nil bo‘lib oqdi. O‘sha soy toshicha kallalar uchdi; har kishi o‘zboshimchalik bilan bosh oldi.

973
Hikoyat
Alisher Navoiy

Fors o‘lkasidan ikki o‘rtoq Chin mamlakati tomon yo‘l oldilar. Biri azaldan berilganiga qanoat qilardi; ikkinchisi esa undan ortiqni tama' etardi. Ular qanchadan qancha yo‘llarni bosib borarkanlar, yo‘l bo‘yida bir oddiy tosh uchrab qoldi. Uning yarmi yerga kirgan, yarmi tashqarida bo‘lib, tashqaridagi qismiga ajoyib bir gap o‘yib yozilgan edi. Yozilgan xatni ular o‘qishdi: “Kimki qiyinchilikka bardosh berib, toshning orqa tomonini ag‘darsa, unda bir afsona yozilgan.

165
Hikoyat
Alisher Navoiy

Saodatli Shoh G‘oziy podshohlik toji uchun kurashib, taxt talashib yurgan vaqtda – yonida yuz, ikki yuzcha odam bilan ko‘chib yurar, goh Xorazm yerida bo‘lardi, goh Adoqda. Otgan o‘qlari dushman yuragini qon qilib, tig‘i yov boshini uchirar edi. O‘zi asli zotida loyiq bo‘lgani uchun Alloh unga oxiri hukmdorlikni berdi. Xalqqa u adolat eshigini ochib qo‘ydi. Taxtga chiqib o‘ltirdi-yu, adolat ko‘rsata boshladi. Imoratlar qurib

1157
Hikoyat
Alisher Navoiy

No‘shirvon valiahdligi chog‘ida bir qizning ishqi bilan notavon ahvolga tushib qoldi. Ko‘ngli g‘uncha singari to‘la qon edi, lekin g‘am sirlarini pinhon tutardi. Unga visol muyassar bo‘lgunga qadar cheksiz azob-uqubat va tashvishlarni boshidan kechirdi. Bir kun u chamanzordan xilvat joyni tanlab, gulrux yori bilan suhbat qurdi.

191
Hikoyat
Alisher Navoiy

Hotami Toyiga bir ko‘ngli ochiq odam dedi: - Ey, himmatda erkin tabiat kishi, saxiylik kaftingga odat bo‘lganidan buyon o‘zingga o‘xshagan kishini hech ko‘rdingmi? U dedi: - Bir kun men hamma uchun yig‘in qildim. Unga o‘sha cho‘ldagi odamlarning hammasini chaqirdim. Pishirish uchun yuzta tuya qurbon qilindi; so‘yilgan qo‘y-qo‘zilarning ham son-sanog‘i yo‘q edi. Bazm bo‘lib turgan vaqtda birpas havo olgim kelib, dasht tomonga chiqdim. Aylanib yurib, mehnatda ezilgan bir qari cholni ko‘rdim.

545
Hikoyat
Alisher Navoiy

U kishini Hirot ahli, Hirot ahligina emas, balki butun koinot uni qibla deb hisoblardi. U imoni komillarning yo‘lboshlovchi xulq-atvorlisi bo‘lib, uning ismi Abdullohi Ansoriy edi. U: “Mening ishim toat qilish va Tangrining buyruqlariga bo‘ysunishdan iborat! - der edi. - Mening maqsadim (odamlarni) do‘zax o‘ti bilan qo‘rqitish ham emas

242
Hikoyat
Alisher Navoiy

Qachonki Ibrohim Adham o‘rinbosarlikdek yuqori mansabini tark etar ekan, Alloh fano tojini uning boshiga kiydirdi. Uning podshohligi va dabdabalarini fano yeli uchirib, (Ka'baga olib boradigan) dashtni bosib o‘tish uchun qadam qo‘ydi. Masjidni qo‘yib o‘z holicha namoz o‘qir, har qadamda ikki rak’at namozini o‘qishni qo‘ymasdi. Shu tarzda u o‘n to‘rt yil yo‘l yurdi. Uni madh etish uchun har bir tikan va giyohlar tilga kirdi. Makkani tavof etish uchun u kirib kelar ekan

1013
Hikoyat
Alisher Navoiy

Boyazid xafa holda o‘ltirgan edi, buni ko‘rib bir muridi uning xafachiligining sababini so‘radi. - «Ey (doim) osmoni falakning ustida yurgan, Arsh fazosiga ham qadami yetgan ustoz! Ko‘ngling qanday bir ishdan bu qadar ezilmoqda? Bunday qiynalishingga nima sabab bo‘ldi?» Pir ko‘zidan yosh to‘kib, hatto o‘tli bir oh tortib

557
Hikoyat
Alisher Navoiy