Sahifa yuklanmoqda . . .
Muashsharlar - Ushbu to'plamdan mumtoz ijodkorlarimizning asrlar silsilasiga bardosh berib, bizgacha yetib kelgan va to hanuz dillarni maftun qiluvchi muashsharlari o'rin olgan.
Nodirabegimning hijron haqidagi she’rlari orasida «Firoqnoma» asari kuchli tug’yonlari bilan alohida ajralib turadi. Ushbu she'r ijodkorning hayotidagi og'ir judolik va u tufayli shoira qalbida paydo bo'lgan iztiroblarni tasvirlaydi. She’rda firoq iskanjasida to’lg’anayotgan qalb, falak sinovlari oldida ojiz-u notavon oshiq holati g’oyat ta’sirli ch’izilgan.