Sahifa yuklanmoqda . . .


Qishki kechalar

Uzun kechalar keldi.
Xatoni kashf etmoqni,
Xatoni mahv etmoqni
O‘ylashga yetdi fursat.
Uzun-uzun gunohlar
Chuvalanib, tomoqni
Sirtmoq misol o‘ragay —
Jimgina boqar zulmat.
Uzun kechalar keldi.
Uzoqlashdi shomdan tong.
Qayga boshlab borar bu
Xotiraning yo‘llari...
Mendan hadik olmagin,
Seni sotmayman, zamon,
Birovning bo‘g‘zidamas,
O‘z yoqamda qo‘llarim.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 18-Mayda yuklangan

57 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kecha xato fursat dunyo hayot gunoh zulmat xotira
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari