Sahifa yuklanmoqda . . .


Aziz Abdurazzoqqa

Aziz Abdurazzoqqa

Daraxtlarni zulumot ko‘mdi.
Daraxtlarga qarg‘alar qo‘ndi.
Zulumotni oralab, noxush
Qanot qoqib, o‘tdi bir boyqush.
Bir vahima!.. Hasrat!.. Sho‘rlik tun
Derazangga suyandi beun.
Xonaning bir burchida chiroq,
Sendan tortdi o‘zini yiroq.
Yulduzlar yo‘q qora falakda...
Sen xonangda shu qadar yakka —
Ne uchun, deb o‘kinmoq mumkin,
Isyon qilmoq, so‘kinmoq mumkin.
Sen-chi, tunga boqasan shu payt.
Tillaringda aylanar bir bayt:

«Kuz! Hasratda ado bo‘lgan kuz!
Bog‘da yalang yurmagin, yer — muz...»


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 18-Mayda yuklangan

21 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
daraxt zulmat kuz yer muz bayt tun hasrat
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari