Sahifa yuklanmoqda . . .


Siz qarg‘aysiz taqdiringizni...

Siz qarg‘aysiz taqdiringizni,
Ham aytasiz unga tashakkur:
— Biz yo‘q qildik bir-birimizni...
Biz yo‘q qildik...Xudoga shukur!...

Siz yurakni qilmaysiz tejam,
Olgin! — borni tortiq qilasiz.
So‘ngra xafa bo‘lasiz mendan —
"Qaytmayman", deb yig‘lab ketasiz.

Izlab yana kelasiz bir kech,
Jilmayasiz: — Baxtlimanmi, boq!...
Kulgingizga yarashmagay hech,
Xitobingiz o‘rtagan titroq.

Hijrondan so‘ng savollar teran,
Hijrondan so‘ng javob — da’fatan...
Men hammadan pinhon saqlagan
She’rlarimni sizga aytaman.

Ayblamaymiz bir-birimizni,
Tilda so‘zlar tug‘iladi — hur.
...Qarg‘amaysiz taqdiringizni
Va aytmaysiz unga tashakkur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

87 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
taqdir sevgi yurak xitob titroq kulgi yig'i baxt
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari