Sahifa yuklanmoqda . . .


Nogoh sovuq tushdi...

Nogoh sovuq tushdi,
Nogoh qor tushdi —
Gullagan boqqami,
Nodon yurakka.
Yashil saltanatim
Tush kabi uchdi,
Yashil saltanatim
Qotdi ko‘lmakda.
Bahorlarni kutgan
Nodon muhabbat,
Nogoh ayozlarda
Qoldim-ku yupun —
Meni ado qilgan
Yomon muhabbat
Sovuq ko‘chalarga
Boshlagani-chun.
Ana, chorbog‘larga
Qarg‘alar qaytdi.
Ana, muzlab qoldi
Bulbulning tili...
Tanim titroq ichra
Alvido aytdi...
Nega sen azobdan
O‘lmaysan, dilim?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

55 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sovuq gul bog' yurak saltanat ko'lmak bahor baxt
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari