Sahifa yuklanmoqda . . .

Qasidalar

Qasidalar - Mazkur to'plamdan mumtoz ijodkorlarimizning asrlar silsilasiga bardosh berib, bizgacha yetib kelgan va to hanuz dillarni maftun qiluvchi qasidalari bilan birga zamondosh shoirlarimiz ijod namunalari ham o'rin olgan.

Ushbu asar inson sha'niga bitilgan qasidadir. Unda insonning botiniy va zohiriy olamidagi chigalliklar va murakkabliklar o'ta nozik tarzda ifodalangan. Xususan, shoir unda insonning bugungi kamoloti, inson dahosining zakovati, fan-texnika bobida erishgan mislsiz zafarlari haqida yozar ekan, bu taraqqiyot tufayli bugungi kunda inson jahon ayvoniga "arkon" (ustun) darajasiga ko‘tarilganini ayta turib, shu "arkon" ayni paytda "vayron" ekanini ham pisanda qilib o‘tadi...

9115
Qasida
Erkin Vohidov

Sharq mumtoz she’riyatida qasidalar asosan podshohlar, amir-u xonlar sha’niga, ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsadida bitilardi. Erkin Vohidov esa ona xalqi — O‘zbegimga qasida bag‘ishlaydi! Bu ijodiy jasorat yana shunisi bilan muhimki, u yozilgan paytlari sobiq sho‘ro mamlakatidagi barcha millatlar «sovet xalqi» degan umumiy, sun’iy nom bilan atalar, odamlarning muayyan millat vakili ekani bilan faxrlanishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi....

50463
Qasida
Erkin Vohidov

Ogahiy ijodida uning «Ogohnoma» qasidasi salmoqli o’rin tutadi. Bu asar Muhammad Rahimxon Soniy, ya’ni Feruz Xiva taxtiga chiqishi munosabati bilan bitilgan. Qasida shohga tabrik va otasining o’limi uchun unga hamdardlik bilan boshlanadi. Ogahiy boshqa qasidago’ylar singari yosh hukmdorni maqtab, xushomad tulporini maydonga surmaydi, balki yurt boshqarish yuzasidan aniq va foydali o’gitlar beradi.

544
Qasida
Muhammad Rizo Ogahiy

Ushbu qasidasida shoir Mirzo Ulug’bekning taxtga chiqishini muborakbod etadi, hukmdor shaxsiyatidagi adolat-u jangchilik jihatlari tavsifiga alohida e’tibor qiladi. Uning ovozasini «Sulaymoni zamon»ga, adolatini «No’shiravon»ga, mehribonligini «ato»ga qiyos etadi. Bir so’z bilan «shohi dono» deb ta’riflaydi. Shoir quruq maqtash yo’lidan bormay, tuyg’ularini obrazli tarzda ifodalashga intiladi.

611
Qasida
Sakkokiy