Sahifa yuklanmoqda . . .

Fardlar

Fardlar - Fardlar o'zi yolg'iz bir baytdan iborat bo'lib, muayyan hayotiy vaziyatlarda qo’l keladigan xulosalar va falsafiy fikrlarni o'zida jo etadi. Ushbu to'plamdan ana shunday ko'hna hayot haqiqatlarini so'zlovchi mo'jaz asarlar o'rin olgan.

Hijron nadur? Hijron - sen uchun sevimli bo'lgan insondan yoki maskandan judolik. Hijron - so'ngsiz qiynoq. Hijron - alamli firoq. Hijron - o'tli iztirob. Hijron - bu uyqusiz o'tgan necha-necha tunlar, hijron - bu kelmasligini bilsang-da, kimningdir yo'llariga ko'z tikib, intizor bo'lmoq, hijron - ko'zyoshlaringni ichingga yutib, yuragingni ovutishga urinish... Bu ta'riflarni istagancha davom ettirish mumkin. Ammo ushbu fard hijron neligini qisqa va lo'nda ifodalab beradi.

738
Fard
Zahiriddin Muhammad Bobur

Mazkur fardda shoirning ko’nglini o’rtagan, tuyg’ulariga ta’sir etgan holatlar mutoyibali yo’sinda tasvirlangan: "Men yor deb ataganim go'zal parida odamiylik fazilatlaridan boshqa barcha xislatlar mavjud". Yorning «yetuk»ligini bundan chiroyliroq ifodalash mushkul. Oltitagina so’zga bir olam ma’no joylash shoirning tasvir imkoni cheksizligini ko’rsatadi.

2876
Fard
Alisher Navoiy

Dardsiz kimsa dard neligin qaydan bilsin?! Sizning holingizni faqat ana shunday holatni boshdan kechirgan kishigina to'liq anglamog'i mumkin. Boshqalar esa, ming harakat qilmasinlar, baribir besamar. Ushbu fard ham hayotning ana shu ko'hna haqiqatidan saboq beradi.

3201
Fard
Alisher Navoiy

Odam hamisha o’zini bilishga intilib yashaydi. Ko’pchilik o’zidan minnatdor bo’lib, ko’ngli to’lib yurishi ham bor gap. Lekin asli odamlik, odamiylik nimada degan savolga ulug’ shoirning javobi shunday:"Muruvvatli odam borini birovlarga beradi, o’zi yemaydi, jo’mard, mard, ya’ni futuvvatli odam esa, ko’p ish qiladi, lekin qilgan ishi haqida hech kimga bir og’iz ham gapirmaydi".

2749
Fard
Alisher Navoiy

Aybingni aytgan kishini yoqtirmaslik hammaga xos. Lekin bu bilan o’ziga zarar qilayotganini hazrati Navoiyning ushbu fardi kishiga juda tushunarli va ta’sirli qilib yetkazib beradi. Chindan ham dam urilsa, ya’ni nafas tegsa, ko’zgu xiralashadi. Shu kabi to’g’ri gapga chidamay jirillash ham keyingi safar aybingning aytilmasligiga olib keladi. Ya’ni ma’naviy ko’zguni xiralashtiradi. Fardda payg’ambarimizning: «Musulmon musulmonga ko’zgu», -degan hadislari shoir tomonidan o’ziga xos tarzda badiiy shaklga solingan.

2507
Fard
Alisher Navoiy