Sahifa yuklanmoqda . . .
Hayo - Asarlar - hayo so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
O‘lgin deding — Yerga ko‘mding — Ildiz bo‘ldim. Ko‘kka otding — yo‘q bo‘l deding — Yulduz bo‘ldim. Tilim kesding — dilim aytdi — Rost kalima... Qiyin bo‘ldi senga sho‘rlik Dushmanim-a!
Bir qadamim — umid, bittasi — armon, Bir yonim makondir, bir yonim — zamon, Bir yo‘lim zamindir, bir yo‘lim — osmon, Osmonning ichida oyday sarsonman.
Umr magar shamol erur — O‘tib ketar, o‘tar-o, "Huy" deguncha manziliga Yetib qolar davronim...
— Haykal,— dedim,— sen ko‘rsatgan tomonga borib keldim. Hech narsa yo‘q. Qo‘lingni tushiraver endi. Qo‘lini tushirishdan uyalib, jim turaverdi haykal...
Kechirgin — ko‘yingda adashganimni, Kechirgin — ko‘yingda tinmaganim-chun, Kechirgin — erk uchun taloshganimni Va erk senligingni bilmaganim-chun.
Navqiron kuz saltanatida Bir tavakkal fitnadir bu on. Kuz titrandi nogoh taxtida — O, Yer — Ko‘kda oppoq g‘alayon...
Saraton — ochiq yuz, Baxtiyorim ketdi. Qolmadi men bilan Beqarorim ketdi. Ey, barg, sening kabi Men ham sarg‘aydim, Vaqtning qo‘llarida E’tiborim ketdi...
Yozda yosh to‘kaman hammadan pinhon, "Oh"imga to‘ladi "oh"siz olamlar. Egam, mana bu — Yer, Mana bu — Osmon... Nega faqat o‘zin ko‘rar odamlar?
Yeru ko‘kni ko‘mding ziyoga — Mehru shafqat ko‘rgazding, jabbor. O‘sayotgan har bir gayohda Bandalarga talpinishing bor...
Chegara yo‘q qish bilan kuzda — Tashqarida qaysi fasl, kun? Qish ertachi chiqqanmi ishga— Tong otmadi — uzaydi bu tun...
O‘zni tanish fursati — uzoq, Qanday qiyin yonadi gunoh... Sen o‘zingni taniganing chog‘, Jamolini ko‘rsatar Alloh...
Yashamoqqa yetmaydi bardosh, Termulaman ko‘kka — keng g‘amga. Ko‘ngilchan qiz — Hayot qo‘yar bosh Qirqqa kirgan horg‘in yelkamga.
Men horidim yo‘llarni kezib,— Hechlik sari barcha-barcha yo‘l. Hayotidan bekorlik sezib, O‘zni osdi kiftlarimga qo‘l.
Mening ko‘kragimda otlar chopadi, Mening ko‘kragimda beayov qirg‘in. Ming bitta yuragim o‘lim topadi, Ming bitta hayotim bo‘ladi surgun.
Ne qilay? Yurakdan bo‘shadi tanim, Najot — ko‘nishdami, najot — o‘lishda?.. Azizim, azizim, azizim manim, Ayt, qachon ulgurding jonim bo‘lishga?
Sohilini qayraydi dengiz. Tun-kun qayrar kimning qasdida? Qorong‘u bu kechada sassiz Kim o‘ynaydi uni dastida?
Yer aylanyapti quyoshi atrofida, Yulduzlar samosida porlayapti. Gullar shabbodaning quchog‘ida Labini tutyapti to‘lqin lablariga; Maysalar o‘smoqda adirlarida Shamolda to‘lg‘anib-to‘lg‘anib...
Kunduzlar kechaga aylanib qoldi, Yana boshimizga yugurdi to‘fon. Sendan ayrildimu... Sen bilan qoldim — Yomon.
Qodir hayot — ulkan yalmog‘iz, Sezib jonim mazalarini, Yetti yamlab, qilding bir og‘iz, Umrimning sha’n lahzalarini.
Tegirmon toshi misoli Sahna aylanar, Bahodir. Kunlarimiz bug‘doy doni — Sahna aylanar, Bahodir.
U payt palto kiymas edi qish, Qo‘lqopi yo‘q edi qo‘lida, Qish — yamoqli, ardoqli kalish — Oyoq qo‘ysang — qorga ko‘milar...
Ish. Choy. Suhbat. Ovqat. Yana ish. Hamma narsa o‘ylangan. Puxta. So‘ng sen kelding. Boshlandi yonish Muvozanat yo‘qoldi. Nuqta...
Uzun kechalar keldi. Xatoni kashf etmoqni, Xatoni mahv etmoqni O‘ylashga yetdi fursat.
U — osmondan tushgan dahriy qush — Yoqib yuksak hayotlarini, Odamlarga in’om qilar xush — Yulduz hidli qanotlarini...