Sahifa yuklanmoqda . . .


O‘lgin deding — Yerga ko‘mding...

O‘lgin deding — Yerga ko‘mding —
Ildiz bo‘ldim.
Ko‘kka otding — yo‘q bo‘l deding —
Yulduz bo‘ldim.
Tilim kesding — dilim aytdi —
Rost kalima...
Qiyin bo‘ldi senga sho‘rlik
Dushmanim-a!
Dushmanim-a, toshlar otib
To‘ymaydirsan—
Tuproq bo‘lay desam, nega
Qo‘ymaydirsan?...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Mayda yuklangan

2259 marta ko'rildi

11 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dushman hayot o'lim yer ko'k ildiz yulduz til dil tosh
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari