Sahifa yuklanmoqda . . .


Yomon bo‘ldi...


Yomon bo‘ldi.
Bizlar ajraldik...

Yer aylanyapti quyoshi atrofida,
Yulduzlar samosida porlayapti.
Gullar shabbodaning quchog‘ida
Labini tutyapti to‘lqin lablariga;
Maysalar o‘smoqda adirlarida
Shamolda to‘lg‘anib-to‘lg‘anib...

Faqat bizlar ajraldik.

Quyoshsiz qolgan zamin kabi,
Samosiz qolgan yulduz kabi,
Shabbodasiz qolgan gullar kabi —
Yolg‘izmiz.

Yomon bo‘ldi.
Bizlar ajraldik...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

44 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hayot taqdir ayriliq hijron visol quyosh zamin samo yulduz
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari