Sahifa yuklanmoqda . . .
Men horidim yo‘llarni kezib,—
Hechlik sari barcha-barcha yo‘l.
Hayotidan bekorlik sezib,
O‘zni osdi kiftlarimga qo‘l.
Umid — bebaxt, sodda aldamchi
Bunyod etdi oqibat kimga?—
Qafasidan uchib chiqmoqchi,
Uriladi yurak ko‘ksimga.
Ketgin, yurak, ketgin... Bemalol!
Mangu vido, yuragim — jonim!..
Tirikchilik kerak ehtimol —
Zo‘riqmasdan yashash imkoni.
Balki rostdan qismatni bosdi
Bemaqsadu behushlik yo‘li...
Axir, nega o‘zini osdi
Kiftlarimga mehnatkash qo‘lim?
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).