Sahifa yuklanmoqda . . .


Kunduzlar kechaga aylanib qoldi...

Kunduzlar kechaga aylanib qoldi,
Yana boshimizga yugurdi to‘fon.
Sendan ayrildimu... Sen bilan qoldim —
Yomon.

Yomon. Yashash mengzar bosinqirashga,
Ko‘zingda yosh yo‘qdir yig‘lamoq bo‘lsang.
Yurakni otsangu qirg‘in taloshga —
O‘lsang.

O‘lsang!.. Shunday o‘lsang... Shu qadar o‘lsang,
Dunyoda qolmasa bir tola sezging.
...Faqat bosh tortsa bas seni ko‘mishdan
Sevging.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

81 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kunduz kecha sevgi ayriliq hujron hayot o'lim taqdir
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari