Sahifa yuklanmoqda . . .


Qodir hayot — ulkan yalmog‘iz...

Qodir hayot — ulkan yalmog‘iz,
Sezib jonim mazalarini,
Yetti yamlab, qilding bir og‘iz,
Umrimning sha’n lahzalarini.

Mahkamlading borlik eshigin,
Ochding yo‘qlik darchalarini.
"Borsa-kelmas" sari uzatding
Yillarimning parchalarini.

Aldoqlarga sen meni otding,
Sotding shayton hammollariga.
Mendan kechding —
Bir o‘zim botdim,
Yuragimning zindonlariga.

Qodir hayot — makkora maston,
Yoqsang — olov, o‘chirsang — kulman.
Kun ko‘rmadim dunyoda oson —
Yuragimga men ham bir qulman.

Hali tirilishim beadad,
Hali qanday o‘lishlarim bor...
Meni nima qilasan aldab,
Rostdan umring ming yilmi, chinor?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

49 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hayot yalmog'iz jon umr lahza borlik yo'qlik chinor
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari