Sahifa yuklanmoqda . . .


Yashamoqqa yetmaydi bardosh...

Yashamoqqa yetmaydi bardosh,
Termulaman ko‘kka — keng g‘amga.
Ko‘ngilchan qiz —
Hayot qo‘yar bosh
Qirqqa kirgan horg‘in yelkamga
Xuddi osiy yulduzday uchib,
Ruh yuksakdan
Pastga enmoqda...
Charchaganman.
Yetmaydi kuchim,
"Ko‘p og‘irsan, hayot", demoqqa.

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Mayda yuklangan

1280 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yashamoq bardosh dunyo ko'k g'am qiz hayot ruh
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari