Sahifa yuklanmoqda . . .


Sohilini qayraydi dengiz...

Sohilini qayraydi dengiz.
Tun-kun qayrar kimning qasdida?
Qorong‘u bu kechada sassiz
Kim o‘ynaydi uni dastida?
Sohilda jim tentigan ayol,
Qani sening sodiq hamrohing?
Nega qadam qo‘ymog‘ing malol,
Nega buncha titranar ohing?
Yonog‘ingda, sho‘r lablaringda
Vijirlaydi kechagi bo‘sa.
Xiyonatdan keyin odamzot —
Yashamasa — yo‘q bo‘lsa, o‘lsa...
Sohilini qayradi dengiz,
Tun-kun qayrar — kimning qasdida:
Ulkan bu tig‘, nahot, yarashar
Shu nozik ayolning dastiga?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

210 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sohil hayot xato gunoh tun ayol sevgi xiyonat jazo o'lim
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari