Sahifa yuklanmoqda . . .


Bahodir Yo‘ldoshga bag‘ishladim

Tegirmon toshi misoli
Sahna aylanar, Bahodir.
Kunlarimiz bug‘doy doni —
Sahna aylanar, Bahodir.
Mayda-mayda bo‘lajakmiz —
Sahna aylanar, Bahodir.
Bir kun qayda bo‘lajakmiz? —
Sahna aylanar, Bahodir.
Birov botir, birov shotir —
Sahna aylanar, Bahodir.
Umrni qilma yuz-xotir —
Sahna aylanar, Bahodir.
Bir kun sahna to‘xtab qolsa,
Gunohimiz yo‘q, Bahodir,
Ammo o‘zni oqlamoqqa
Guvohimiz yo‘q, Bahodir...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

38 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bahodir sahna hayot orzu armon taqdir savol guvoh
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari