Sahifa yuklanmoqda . . .

Usmon Azim She'rlari

Usmon Azim She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Ko‘zlarini ochib-yumar Mitti qushcha - yarador. Falak, unga najot yubor, O‘lim, bo‘lma xaridor.

382
She'r
Usmon Azim

«Bolajon, eng baland cho‘qqiga chiqdik, Ammo bu cho‘qqi ham qilmagay vafo. Inson kelayapti ko‘tarib miltiq... Go‘dak iltijosi bo‘larmish bajo.

463
She'r
Usmon Azim

Ot jonsarak yer tepinar, Uzar tizginni. Tentak shamol olib kelar Jondor isini...

459
She'r
Usmon Azim

Chavandoz uloqdan qaytdi piyoda, - Ranglaringiz bir ol, ayting, ne bo‘ldi? - Onasi, dardimni qilma ziyoda, Onasi, otginam... otginam o‘ldi...

338
She'r
Usmon Azim

Tog‘-dalada mast kezar chilla, Tunlar ayoz shunaqa zo‘rki... Izg‘irinli, sovuq tong palla Tushib qoldi qopqonga bo‘ri.

463
She'r
Usmon Azim

Bir boshingda she’r g‘alvasi, ro‘zg‘or tashvishi, SHuhrat yuki, maqtov, g‘iybat, ag‘yor qilmishi. Ba’zan dunyo dardlaridan bo‘lmaysan ogoh, O‘z-o‘zingga kichkinaday tuyulasan goh.

377
She'r
Usmon Azim

Go‘yo hanuz tirikday Siz, yana bolaligim... To‘rtta havaskor bola Termulamiz sizga jim.

328
She'r
Usmon Azim

U kulib keladi. U yig‘lay olmas. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yar. Qo‘li qon. Menga uqtiradi: "Do‘stim, qo‘rqma, bas, Bu — shafaq! Ko‘ksimda otayapti tong".

418
She'r
Usmon Azim

Suratimni chizmoq uchun Oppoq bo‘yoq tanlading. Bu dunyoga nega kelib, Ketganimni anglading.

435
She'r
Usmon Azim

Men daryoga qarmoq tashlayman, Ana, baliq — silkir dumini. Men baliqni ozod aylayman, Kechiraman ochko‘zligini.

528
She'r
Usmon Azim

Men, har holda, Toshkentda edim, Xadrasida, yo O‘rdasida. Es-hushimdan ayrilib turdim Keng shaharning qoq o‘rtasida.

505
She'r
Usmon Azim

Bo‘g‘zimga bahaybat qayg‘u tiqildi, Ko‘zimga yiqildi qop-qora bulut. Tizzamdan sirg‘alib kitob yiqildi, Birdan sinfga cho‘kdi bir hayron sukut.

550
She'r
Usmon Azim

Armonlarim ushalsin deb Senga qaradim, osmon. Yulduzlaring duvva-duvva To‘kildi-ku boshimdan.

391
She'r
Usmon Azim

Meni asir oldilar. Bedovimning badani Asabiy titrar, uchar... Olloh, karaming qani? Bedovim pishqiradi, Kishnaydi ezib-ezib, Jiloviga yopishgan Ajalning ho‘lin sezib...

414
She'r
Usmon Azim

Bir, ikki... To‘xtang! Darsni boshlaymiz. Kecha o‘tgan edik yugurib jang qilishni, ammo mudom «ura!» deb yugura olmaymiz. Ahvol tang bo‘lganda emaklash ham shart.

285
She'r
Usmon Azim

Biz parallel chiziqlarmiz, Uchrashmaymiz hech qachon. Olg‘a qarab talpinamiz, Izma-izmas, yonma-yon.

434
She'r
Usmon Azim

Bu qiz bir so‘mga ham qiladi muqom, To‘ydan qochib chiqdi uyalib maqom. Qo‘shiq — navbatdagi bir "...xon" haqida, Pulni ol! Or-nomus eski aqida.

0
She'r
Usmon Azim

Burilib bo‘lmaydi xonamiz ichra, (Ehtiyot bo‘lsang-chi!) to‘rt taraf buyum, Olamda kezaman ko‘zlarim xira, Tegramda aylanar buyumdan quyun.

432
She'r
Usmon Azim

Siqilib ketasan... Uyingning to‘rt devori Ombirning tishlariday dahshatli boqar, Sovuq boqar... Sovuq!

397
She'r
Usmon Azim

Men shunday yaraldim: Sumbatim egri, Gullarim qalblarga solmas hayajon. Mevamga hech kimning tushmagan mehri, Bargim — chumoliga bo‘lmas soyabon.

447
She'r
Usmon Azim

Bu yerga keltirdi meni tasodif, Kimdir sherigiga latifa so‘ylar. Kimdir kresloda uxlaydi qotib, Mark Byornes turnalar haqida kuylar.

525
She'r
Usmon Azim

Gunohkorni eng odil hakam O‘ldirmoqqa ayladi hukm. ...Ergashaman jallod ortidan, "Meni os", deb qilaman zug‘um.

0
She'r
Usmon Azim

Ko‘zlari chaqmoq tulpor, Tuyog‘i chaqmoq tulpor. Suvliq lablarin yirtgan, Yollari bayroq tulpor.

426
She'r
Usmon Azim

Meni seving, Mendan nafratlaning — Boshqasiga ruxsat bermayman. Men sizni sevaman Va nafratlanaman, Mayda tuyg‘ularni ko‘rmayman ravo.

673
She'r
Usmon Azim