Sahifa yuklanmoqda . . .
ENG SO‘NGGI OHU HAQIDA BALLADA
«Bolajon, eng baland cho‘qqiga chiqdik,
Ammo bu cho‘qqi ham qilmagay vafo.
Inson kelayapti ko‘tarib miltiq...
Go‘dak iltijosi bo‘larmish bajo.
Tilagin, yelkasin temirlar ezgan,
Olam bersin bizga xaloskor qanot...
...Alvido, zaminda beparvo kezgan,
Temirga sig‘ingan buyuk odamzod!»
Ohu uchib borar zaminni tashlab,
Yonida bolasi - chiroy sarvari.
Ohu uchib borar ko‘zlarin yoshlab,
Dilni o‘rtaguvchi xayolot sari.
Odamzod nedandir bezovta, dilgir,
Cho‘qqida quyoshday turibdi porlab.
Miltig‘in sindirib u «oh» uradir -
Odamzod yig‘laydi ohuni chorlab.
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).