Sahifa yuklanmoqda . . .


Shuhrat Abdurashid xotirasiga

Shuhrat Abdurashid xotirasiga

I

U kulib keladi. U yig‘lay olmas.
Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yar. Qo‘li qon.
Menga uqtiradi: "Do‘stim, qo‘rqma, bas,
Bu — shafaq! Ko‘ksimda otayapti tong".

U kulib ketadi. Tong ota olmas,
U — saxiy. Dunyoga beradi jonni.
Do‘stim, savolim bor, qaytgin bir nafas,
Do‘st, ne qilay quyosh ko‘milgan tongni?

II

Qayga borayapsan, muncha shoshmasang?
Mashriqda miltirab sochdingu ziyo,
Bag‘rimga nuringni to‘yib bosmasdan
Mag‘ribda qizarding va bo‘lding ado.

Yo‘ldan qoldirmayman... Do‘sti devona,
Baribir to‘xtashga yetmagay sabring.
Axir, mening yo‘lim yaqin — ishxona,
Sening yo‘ling olis — kelajak sari...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oliyjanoblik do'st o'lim qon shafaq tong kelajak ishxona
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari