Sahifa yuklanmoqda . . .


Siqilib ketasan...

Siqilib ketasan...
Uyingning to‘rt devori
Ombirning tishlariday dahshatli boqar,
Sovuq boqar...
Sovuq!

Hozir jipslashadi shift bilan gilam.
Ko‘kragingga sig‘may talpinayotgan yuraging,
Pajmurda gavdangdan otilib chiqadi-da,
Yerga yiqiladi qonga belanib,
Agar sen hozir...
Agar sen...

Uyingning eshigi lang ochiladi:
— Salom, shovqin,
Salom, ko‘cha!
Bag‘ringga olgin!

Lablaring nenidir shivirlar shodon.
Birdan his qilasan: zamin-zamin emas,
Ufqlardan tortib ostonanggacha
Shovullab, lovullab yotgan bir dengaz.
Ko‘zingda porlaydi botayotgan quyosh
Va birdan sezasan: odamlar emas,
Kemalar ko‘chadan o‘tmoqda suzib —
Ishxonaga emas, mayxonaga emas,
Amerika ochgani ketmoqda ular.
Ularni hayqirib tabriklaging kelar,
Va birdan anglaysan:
Sen ham bir Kolumb.

Kolumb, yelkanlarni balandroq ko‘tar,
Kolumb, xavf-xatarga qilmagin parvo!
Kolumb, bu dunyodan odamlar o‘tar,
Kolumb, odamlardan o‘tmoqda dunyo.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

33 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yolg'izlik dunyo hayot xayol ko'cha ichkari tashqari odamlar
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari