Sahifa yuklanmoqda . . .


Ko‘zlarini ochib-yumar...

Ko‘zlarini ochib-yumar
Mitti qushcha - yarador.
Falak, unga najot yubor,
O‘lim, bo‘lma xaridor.
So‘ngga «oh»i - «chiriq-chiriq»
Jon bermoqda kaftimda.
Qushim,
So‘ng bor orom olgin,
Qo‘llarimning taftida.
Xazonlarga ko‘mdim uni...
Qoldim o‘zim yarador!
Falak, menga najot berma,
Olamdan bo‘l xabardor...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

183 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qushcha yara falak najot o'lim jon kaft orom
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari