Sahifa yuklanmoqda . . .


Bezovta tun

Ot jonsarak yer tepinar,
Uzar tizginni.
Tentak shamol olib kelar
Jondor isini.

Qaro tunda lovullaydi
Bo‘rining ko‘zi.
Qichqiraru shamol jarga
Tashlaydi o‘zin.

Chaqmoq! Yomg‘ir uriladi
Qoya betiga.
Qo‘ylar hurkib g‘uj bo‘ladi
Qo‘ton chetiga.

Emaklaydi bo‘ri jimjit,
O‘ljaga intiq.
Tunga qarab itlar hurar...
Qarsillar miltiq!

O‘tovda tun. Cho‘pon o‘rnin
Topar paypaslab.
O‘g‘ilchasi kirar titrab
O‘rniga asta...

Kecha — uzun. Kecha — cheksiz.
Kecha — g‘alayon.
Xavotirda farzandini
Quchoqlar cho‘pon!

U to‘lg‘onar tishlariga
Tishlab nolasin...
Shamol yig‘lar — yetim qolgan
Bo‘ri bolasi...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

161 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tun ot qo'y cho'pon shamol bo'ri bola miltiq
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari