Sahifa yuklanmoqda . . .


Bir boshingda she’r g‘alvasi...

Bir boshingda she’r g‘alvasi, ro‘zg‘or tashvishi,
SHuhrat yuki, maqtov, g‘iybat, ag‘yor qilmishi.

Ba’zan dunyo dardlaridan bo‘lmaysan ogoh,
O‘z-o‘zingga kichkinaday tuyulasan goh.

Zamin — ulkan, samo — cheksiz, olam — besarhad,
Sen nimasan? Bir zarrasan, nuqtasan faqat.

Yo‘q shoirsan! Mittiman, deb g‘am chekma zinhor,
Kengliklarga sig‘may hayqir: "Olam buncha tor!"

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

30 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hayot dunyo zamin samo olam zarra nuqta she'r
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari