Sahifa yuklanmoqda . . .


Katta leytenant U.Azimovning askarlariga sabog'i

KATTA LEYTENANT U.AZIMOVNING ASKARLARIGA SABOG‘I

Bir, ikki...
To‘xtang!
Darsni boshlaymiz.
Kecha o‘tgan edik yugurib jang qilishni,
ammo mudom «ura!» deb yugura olmaymiz.
Ahvol tang bo‘lganda
emaklash ham shart.

Emaklash haqida bugungi saboq:
G‘animning g‘azabdan
titragan pulemyoti,
maysalarni o‘roqday
qiyrata ketsa,
mardonavor kerilgan ko‘kragimizni
olis g‘alabaning shirin havolaridan
to‘ldirib-to‘ldirib
nafas olgani,
yerga yiqilamiz,
emaylay boshlaymiz...
Axir, g‘alabani ona-Vatanga
tiriklar keltiradi,
o‘liklar emas,
Tirsakni ayamang,
tizzani ayamang,
kiyimni ayamang!
Emaklang!
Olg‘a!
Xo‘sh, savollar bormi?
So‘z sizga, serjant.
Nega men siz bilan emaklamadim?
Menga emaklashdan ko‘p saboq berishgan,
ammo uddasidan chiqa olmadim...
Xullas, ixtiyoringiz...
Maslahatim shu:
o‘zingizga rahmingiz kelsin!
Boshingizni ayamang!
Yurakni ayamang!
Umrni ayamang!
G‘alabani o‘liklar emas,
tiriklar keltiradi
ona Vatanga...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

15 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
g'anim jang emaklash o'liklar tiriklar leytenant serjant g'alaba
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari