Sahifa yuklanmoqda . . .


Abdulla Qodiriy

Bo‘g‘zimga bahaybat qayg‘u tiqildi,
Ko‘zimga yiqildi qop-qora bulut.
Tizzamdan sirg‘alib kitob yiqildi,
Birdan sinfga cho‘kdi bir hayron sukut.

Partaga bag‘rimni berib yig‘ladim,
Sukunatga aytdim: "Jon berdi... Kumush..."
Muallim jilmayib meni tingladi,
Boshimni siladi ham shod, ham xomush.

Derazadan nari, yomg‘ir qo‘ynida,
Gullarga badanin ko‘mardi bahor,
Muallim termulib bahor ro‘yiga,
Dedi: "O‘zbekiston mangu barqaror!"

Yomg‘irday bir sog‘inch ko‘ksimga to‘ldi,
Yurakka tutashdi notanish g‘ulu.
Nogoh Vatanimni ko‘rganday bo‘ldim,
Qodiriyning xuddi o‘zi edi u.

To‘rt devordan bo‘lsa, boqardilar jim,
Sinovchan ko‘zlarin ko‘zimga qadab,
Hozircha suratda taniganlarim —
Navoiy, Nodira, Gulxaniy, Mashrab...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

34 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qodiriy otabek kumush kun qayg'u sinf parta muallim
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari