Sahifa yuklanmoqda . . .


Mirzo Ulug'bekning o'kinchi

Armonlarim ushalsin deb
Senga qaradim, osmon.
Yulduzlaring duvva-duvva
To‘kildi-ku boshimdan.

Baland bo‘lib, past kunimga
Qachon yarading, osmon?
Boshlarimdan to‘kkaning u
Yulduzlaring tosh ekan.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

38 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
armon osmon yulduz bosh tosh ilm hayot orzu
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari