Sahifa yuklanmoqda . . .


Usmon Nosirning so'nggi tushi

Men, har holda, Toshkentda edim,
Xadrasida, yo O‘rdasida.
Es-hushimdan ayrilib turdim
Keng shaharning qoq o‘rtasida.

Tongotarga boqdim-da, birdan —
Ko‘kragimni qoldim quchoqlab.
Ufq nega qonga belangan,
Kim osmonni ketdi pichoqlab?

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

47 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
nosir toshkent xadra o'rda shahar osmon es ko'krak
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari