Sahifa yuklanmoqda . . .


Oybekning so'nggi she'ri

Men daryoga qarmoq tashlayman,
Ana, baliq — silkir dumini.
Men baliqni ozod aylayman,
Kechiraman ochko‘zligini.

Bedanaga qo‘yaman tuzoq —
Hayallamay qolar ilinib.
"Uch, kez" deyman dalada ozod,
Kechiraman anqovligini.

Har bir guli — bir ezgu uchqun,
Huv cho‘qqida yashnar na’matak.
Quyoshga gul tutgani uchun
Tikaniga qilaman toqat.

Gapim tamom...Ha, men ham o‘tdim!
Uch... Ikki... Bir... To‘xtadi yurak...
Baliq, qo‘rqmay qarmoqni yutgin —
Men, har holda, o‘lmasam kerak!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

33 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
daryo baliq ochko'zlik bedana gul quyosh tikan gap qarmoq o'lim
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari