Sahifa yuklanmoqda . . .


Chavandoz uloqdan qaytdi piyoda...

Chavandoz uloqdan qaytdi piyoda,
- Ranglaringiz bir ol, ayting, ne bo‘ldi?
- Onasi, dardimni qilma ziyoda,
Onasi, otginam... otginam o‘ldi,

Uchib borar edim misoli shamol,
Otginam qoqildi. O‘tmasdan birpas...
Jasadi ustida turib qoldim, lol,
Onasi, otimdan ajraldim, xullas...

Chavandoz xo‘rsindi, «uh» tortdi og‘ir -
Bir chetga jimgina burdi yuzini.
Balki u - erkak-da! - istamagandir,
Xotini ko‘rishin yoshli ko‘zini.

Olamni tark etdi oftobu kunduz,
Chavandoz xo‘rsinar, o‘ylar otini.
Eriga boqqancha mayinu ma’yus,
Gapirmas, o‘ltirar sassiz xotini.

Chavandoz xo‘rsinar... Ot qayda endi,
Endi qaydan bo‘lsin u rohat - lazzat?
Xotini ham jimjit o‘ltiraverdi,
Na tasalli berdi va na nasihat.

Chavandoz xo‘rsinar... Tong otar edi,
Eng so‘nggi yulduzlar borardi botib,
Xotini shivirlar: «Hech xafa bo‘lmang,
Sizga ot olamiz uy-joyni sotib...»


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

48 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
chavandoz ot uloq er xotin uy taskin xayol
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari