Sahifa yuklanmoqda . . .


Buyumlar haqida ballada

Burilib bo‘lmaydi xonamiz ichra,
(Ehtiyot bo‘lsang-chi!) to‘rt taraf buyum,
Olamda kezaman ko‘zlarim xira,
Tegramda aylanar buyumdan quyun.

— Ishla— Nima uchun?— Yugur!— Nimaga?
— Televizor kerak!— Mashina!— Buyum...
Bir yilki, boqmadim to‘yib dunyoga,
Sevgilim, unutdim maysalar bo‘yin.

— Javon kelgan ekan...Yuring...Ketdik...Tez!
Usiz odammiz deb aytolamizmi?
— Sevgilim, olislab ketmaymizmi biz,
Sevgilim, orqaga qaytolamizmi?

Yaxshilab ko‘taring, yerga tegadi,
Bu — yillik mehnatga to‘langan tovon.
— Sevgilim, zalvori qaddim egadi,
Yerga kirgizay deb bosadi javon.

— Tanishlar o‘tmoqda — berishib salom,
Siz ham bosh silkiting, jilmaying mayin...
— Ko‘zim tiniyapti. Yelkamda javon,
Jonim, odamlarni qanday ko‘rayin?

— Bolajon, sen meni tanimadingmi?
Men seni tuqqanman. Qo‘zim, onangman!
— Onajon, bu javon shunchalar ulkan,
Meni to‘sib qo‘ydi yorug‘ olamdan!

— Keldingmi?
O, bolam, senda gapim bor...
Birgina so‘zingni intizor kutdim!
— Shoshyapman... Do‘kondan mol olmoq darkor...
Senga nega keldim? Unutdim...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

34 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hayot ma'no dunyo buyum javon ona farzand yor
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari