Sahifa yuklanmoqda . . .


She'riyat

Ko‘zlari chaqmoq tulpor,
Tuyog‘i chaqmoq tulpor.
Suvliq lablarin yirtgan,
Yollari bayroq tulpor.

Bir bosgan izing guldan,
Bir bosgan izing kundan,
Quyosh bo‘lib lang‘illab,
Ajrab borasan tundan!

O‘jar tulpor, tong tulpor,
Yo‘llari osmon tulpor,
Parvozingga kuch bo‘lsin,
Berayinmi jon, tulpor?!

Samolarda uch sho‘x-sha’n,
Mayli, yerda qolsin tan.
Ey, qaldirg‘och qanotim,
Sen mening mast ruhimsan!

Vujudi olov tulpor,
Yonasan lov-lov tulpor,
Tortgan aravang —zamin,
Olovli yalov tulpor.

Ko‘zlari chaqmoq tulpor,
Tuyog‘i chaqmoq tulpor,
Suvliq lablarin yirtgan
Yollari bayroq tulpor...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

41 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
she'r she'riyat shoir tulpor tuyoq chaqmoq bayroq yol
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari