Sahifa yuklanmoqda . . .
Uh - Asarlar - uh so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
— Haykal,— dedim,— sen ko‘rsatgan tomonga borib keldim. Hech narsa yo‘q. Qo‘lingni tushiraver endi. Qo‘lini tushirishdan uyalib, jim turaverdi haykal...
Mayda tashvishlarda maydalandim men — Ming taraf yugurdi mingta bo‘lagim. Eski yo‘llarimda qaytalandim men — Tilagim to‘zidi, toldi yuragim.
Yashamoqqa yetmaydi bardosh, Termulaman ko‘kka — keng g‘amga. Ko‘ngilchan qiz — Hayot qo‘yar bosh Qirqqa kirgan horg‘in yelkamga.
Mening ko‘kragimda otlar chopadi, Mening ko‘kragimda beayov qirg‘in. Ming bitta yuragim o‘lim topadi, Ming bitta hayotim bo‘ladi surgun.
Og‘ir ekan, Yomon ekan, Bekor ekan unutmoq... Mening qaqroq cho‘llarimda Omonmisan, unut bog‘?
Senga kelish nima? Ketishday oson. Senga yo‘qotishlar — topishday bir gap. Sen dunyoni ko‘rmay yashaysan mudom, Yashaysan daraxtday his qilib, ilg‘ab.
Berilib tortasiz yonoqqa yolqin — Ko‘zgu qarshisida — sochingiz yoziq. Baxmal vujudimni ko‘tarib tolg‘in, Men shiftga sahardan turibman osiq.
Ishqning osmonida oyga qo‘shilib, Aylangan boshingga bulutlar qaytar. Mening quchog‘imda kuyday eshilib, Asta shivirlaysan: — Joningiz qayda?
Po‘latdan zirh kiyar Yevropa, Qamoq qurar, tanklar quyadi. Dohiylarni suyadi ko‘plar — Qatiqqo‘lligini suyadi. U tomonda tillarda Gitler, Biz tomonda — o‘rtoq Stalin. Va qiyshaya boshlar Ona Yer — Buziladi muvozanati. Ammo Parij ko‘chalarida Kezar ekan negadir ma’lul — Rilke gado ayol qo‘liga Ta’zim bilan tutqazadi gul...
Kechalari yurak sanchadi, Tutunlarga to‘ladi boshim. Rutubatli tunni yanchgani, Ruhimda bir porla, quyoshim.
Qurbon qushning patlari kabi Ruhim — to‘zg‘in, yuragim — to‘zg‘in. Qonli bazm qurmoqda, rabbim, Vujudimda uyg‘ongan quzg‘un.
Olis yurtning begona isi Sohillarni ko‘mdi nogahon. Tund bo‘lsa ham dengizning yuzi Kema qaytdi safardan omon.
Bekor. Yolg‘on. Botmagan Muhabbatning quyoshi Tun keldi deb dodlagan, Bevafolar ko‘z yoshi.
Sir ko‘p olam qa’rida, Mo‘jizaga kon olam, Bu hayotning bag‘rida Mo‘jizadirman men ham...
Tunlar oromidan achinmay kechdim. Ko‘nglimni sen bilan etdim munavvar. Sonsiz chigallikka urildim, yechdim. Angladim: sen menga qismat muqarrar.
Kafechalar, nochor kulgular, Tramvaylar shovqini aro — Va’da etib menga yog‘dular, Yuragimda sen bo‘lding paydo.
Sen yo‘q eding. Besarhad fazo, Olti qit’a, to‘rt bahri ulkan O‘rtasida yashadim tanho Mushtday mo‘jaz yuragim bilan.
Ko‘ksim biyday sahro, Bo‘m-bo‘sh shahar aro Yupqagina qorong‘ilik to‘kilib asta, Chiroqlarning nuri shoyon porlaganida, Endigina muzlayotgan qorlarni bosib, Teatrga tanho o‘zim g‘amgin jo‘nadim.
Baland-baland daraxtlarning uchi falakda, Bir hayratki, musaffo, pok, kezar yurakda. Kichkinaman — ruhim, qalbim qarshingda karaxt, Bir ozgina bo‘ying kalta bo‘lsa-chi, daraxt!
Moviy havo to‘lqinlarida O‘ynab uchdim quyoshga tomon. Ikki ko‘zim ammo zaminda, Ochman — Yerda don bor, don bor...Don!
Tanimayman deysiz, Bilmayman deysiz. Yorijon, nozmi bu, Sho’xliklaringiz?.. Meni tanir hatto, Kipriklaringiz, Siz esa shoirni Sevmayman deysiz.
Shuhratga o'ch bo'lsam kerak men gumroh, Yolg'on bo'lsa kerak dilda nolam ham. To'pori baytlarim bitar paytim goh Ko'zimga ko'rinmay qolar bolam ham.
Qalbning qizil gulxani so`ldi, Kultepada qolmadi bir cho`g`, Bu qiz bilan ishim yo`q endi, Bu qizning men bilan ishi yo`q...