Sahifa yuklanmoqda . . .


Baland-baland daraxtlarning uchi falakda...

Baland-baland daraxtlarning uchi falakda,
Bir hayratki, musaffo, pok, kezar yurakda.
Kichkinaman — ruhim, qalbim qarshingda karaxt,
Bir ozgina bo‘ying kalta bo‘lsa-chi, daraxt!

...U paytda men shabnam edim, men lola edim,
Mittigina, yalangoyoq bir bola edim.

Baland-baland daraxtlarim, cho‘kib qolibsiz,
Hech bo‘lmasa sizni ko‘ray devdim qolipsiz.
Yuragimda na havas bor, na-da bir hayrat,
Falak sari bo‘yingni cho‘z, daraxt, bir fursat!

...Har bir dardni o‘lchab-kesib shu yurishimda,
Baland-baland daraxt har kun kirar tushimga.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 22-Aprelda yuklangan

33 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
daraxt g'am hayrat yurak falak ruh qalb bola
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari