Sahifa yuklanmoqda . . .


Kechalari yurak sanchadi...

Kechalari yurak sanchadi, Tutunlarga to‘ladi boshim. Rutubatli tunni yanchgani, Ruhimda bir porla, quyoshim. Kunduzlarim manim — lahzalik. Tunim — uzun. Uzun. Beadad. Yurak — yana bitta larzalik, Jonim — yana bir og‘riq faqat. Ko‘kragimdan kelib bosadi Tosh tunlarning befarq toshligi. Bo‘shliqlarga o‘zin osadi Adashibmi kelgan yoshligim. Tunim — uzun. Uzun. Masiqib Tunni sudrar tentak shamollar. Derazamga boyqushlar qo‘nar, Qo‘nar juda yomon xayollar. Yonar, erir gunohkor bardosh Do‘zaxlarning shundoq yonida... Tug‘iladi ruhimda quyosh — Hayot-mamot jarayonidan.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

48 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yurak kecha tutun bosh quyosh tun rutubat ruh
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari