Sahifa yuklanmoqda . . .


Tosh ko‘ngil...

Tosh ko‘ngil,
Tosh bo‘lgin! —
Tosh bo‘ldim.

Tosh taqdir...
Bu — sendir,
Bu — mendir.

Tosh ko‘ngil,
Sen ko‘nding...
Men o‘ldim.

Tosh taqdir.
Axir,
Qayda tosh?...
Ikki ko‘ngil —
Ikki tomchi yosh.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

109 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tosh taqdir ko'ngil muhabbat tomchi yosh ko'nikmoq o'lim
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari