Sahifa yuklanmoqda . . .


Senga kelish nima?..

Senga kelish nima?
Ketishday oson.
Senga yo‘qotishlar — topishday bir gap.
Sen dunyoni ko‘rmay yashaysan mudom,
Yashaysan daraxtday his qilib, ilg‘ab.
Qalbingdan fojelar zumda o‘chadi,
Yangi g‘ussalarni quchasan shodon.
Bebaxtliging baxtday sendan kechadi —
Al’omon,
O‘zingdan, jonim, al’omon!
Seni to‘fonlarning o‘zi asrasin,
Sendan yiroq qochsin qismat dudlari.
Yulishta ayamay qutlar tashlasin,
Qo‘li ochiq kelsin umring hutlarin.

Senga ketish nima?
Xayr-xo‘sh... Tamom...
Men ham omon qolay —
Bir najot bergin.
Nima u boshimga otganing?
Osmon...
To‘xta! Olib ketma poyimdan yerni.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

248 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
muhabbat kelish ketish yo'qotish topish baxt baxtsizlik qalb
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari