Sahifa yuklanmoqda . . .


Og‘ir ekan...

Og‘ir ekan,
Yomon ekan,
Bekor ekan unutmoq...
Mening qaqroq cho‘llarimda
Omonmisan, unut bog‘?
Sen o‘lmagin,
Gulla,
Ko‘kar,
O‘ylarimda shovulla.
Shabodalar senga bo‘lsin,
Yetolmasin dovullar.
Shunday qiyg‘och urib gulla,
Tarat shunday atirlar —
Ko‘zlarini uzolmasin
Ko‘ngli gulday botirlar.
Seni sira tark etmasin
Bahorlarning shafqati.
Bulutlarning qimmatiyu
Ariqlarning rahmati.
Bo‘ylaringga kapalaklar
Qanotlarin chulg‘atsin.
Qarg‘alarmas, sha’n bulbullar
Tongda seni uyg‘otsin.
Meni bo‘lsa...
Meni unut,
Unut, yam-yashil erkam!...
Tegramda bir sahro qurdim —
O‘tolmayman o‘zim ham.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

318 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
muhabbat yashillik bog' xazon cho'l osmon yer gul
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari