Sahifa yuklanmoqda . . .


Kafechalar, nochor kulgular...


Kafechalar, nochor kulgular,
Tramvaylar shovqini aro —
Va’da etib menga yog‘dular,
Yuragimda sen bo‘lding paydo.

Portlay dedi nogahon ko‘ksim,
Ko‘zlarimga urildi quyosh.
Sen nedandir og‘rinib, o‘ksib,
O‘ltirarding ko‘tarolmay bosh.

Sezmas eding qo‘lingdan kitob,
Tushganini yerga sirg‘anib.
Qiyofangda tansiq, bexitob
Tanho chiroy turardi yonib.

Qo‘llaringni ushlagim keldi,
Dedim: qaytdi umrim bahori.
Tomirda qon yugurdi, yeldi,
Boqsam — tegram so‘ngsiz, zangori.

Shundan buyon qarshimda olam
Charx uradi gullab, ko‘karib.
...Qani har kun qo‘lingga bersam,
Kitobingni yerdan ko‘tarib.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 22-Aprelda yuklangan

37 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
muhabbat shahar ko'cha tramvay kitob kafe kulgu yurak
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari