Sahifa yuklanmoqda . . .


Qurbon qushning patlari kabi...

Qurbon qushning patlari kabi Ruhim — to‘zg‘in, yuragim — to‘zg‘in. Qonli bazm qurmoqda, rabbim, Vujudimda uyg‘ongan quzg‘un. Dardlarimning sohili yo‘qdir, Shamoli yo‘q, shakli yo‘q — tuman. Yuragimning bulbuli — surur Uxlamoqda g‘ofil uyquda. Qurbon qushning patlari kabi Yo‘q bo‘laman uchib, to‘zg‘inib... Qalb tug‘ilar yo‘qlikdan, rabbim, Nay qiladi qonli bo‘g‘zini...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

149 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qush ruh pat yurak quzg'un qon nay qalb
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari