Sahifa yuklanmoqda . . .


Moviy havo to‘lqinlarida...

Moviy havo to‘lqinlarida
O‘ynab uchdim quyoshga tomon.
Ikki ko‘zim ammo zaminda,
Ochman — Yerda don bor, don bor...Don!

Qushman!
Ruhning tirik shoniman!
Ammo ochlik — la’nati qiynoq...
Yerda don bor!
Garchi yonida
Ot yolidan eshilgan tuzoq.

Men qaytaman quyosh yo‘lidan,
Qanotimni tuzoq qayirgay.
Ming yil bandi yotgum qo‘lida,
Ming yil osmonimdan ayirgay.

Ming yil umri o‘tadi tunday,
Kuy tug‘ilar bo‘g‘zimda uzoq.
Bir kun nogoh sayrayman shunday —
Qirq joyidan uzilgay tuzoq.

Osmon bordir,
Axir, dunyoda!
Osmonda erk uchadi tanho...
Quchog‘iga meni oladir,
Moviy havo,
To‘lqinli havo!

Qanotlarim erkni sog‘ingan,
Quyosh, sen ham emassan yetim...
Yana kim u donga sig‘ingan?...
Qornim,
Asir tushmaganmiding?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qush tuzoq yer osmon don ruh ochlik qiynoq
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari