Sahifa yuklanmoqda . . .


Po‘latdan zirh kiyar Yevropa...

Po‘latdan zirh kiyar Yevropa, Qamoq qurar, tanklar quyadi. Dohiylarni suyadi ko‘plar — Qatiqqo‘lligini suyadi. U tomonda tillarda Gitler, Biz tomonda — o‘rtoq Stalin. Va qiyshaya boshlar Ona Yer — Buziladi muvozanati. Ammo Parij ko‘chalarida Kezar ekan negadir ma’lul — Rilke gado ayol qo‘liga Ta’zim bilan tutqazadi gul. Charxning sezgir muvozanati Tarozida teng tortar bir zum. U tomonda — Gitler, Stalin, Bu tomonda — bitta qizil gul.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

34 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dunyo muvozanat gitler stalin gul muhabbat tank qamoq
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari