Sahifa yuklanmoqda . . .
S - Asarlar - s so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Sohilini qayraydi dengiz. Tun-kun qayrar kimning qasdida? Qorong‘u bu kechada sassiz Kim o‘ynaydi uni dastida?
Nogoh sovuq tushdi, Nogoh qor tushdi — Gullagan boqqami, Nodon yurakka. Yashil saltanatim Tush kabi uchdi, Yashil saltanatim Qotdi ko‘lmakda.
Yer aylanyapti quyoshi atrofida, Yulduzlar samosida porlayapti. Gullar shabbodaning quchog‘ida Labini tutyapti to‘lqin lablariga; Maysalar o‘smoqda adirlarida Shamolda to‘lg‘anib-to‘lg‘anib...
Sokin sehr anhor bo‘yida. Horg‘in Layli — kuz kezar behush. Men xazonni quvdim o‘yimdan, Baxt haqida ko‘rdim yashil tush.
Siz qarg‘aysiz taqdiringizni, Ham aytasiz unga tashakkur: — Biz yo‘q qildik bir-birimizni... Biz yo‘q qildik...Xudoga shukur!...
Men senga osmonni keltirdim, sevgim, Anov ikki to‘zg‘in buluti bilan, Nimta oyi bilan, Hududi bilan — Men senga osmonni keltirdim, sevgim.
Saratonda gullar o‘ladi, Sarg‘ayadi egasiz tuzlar. Hali qayg‘urmasang bo‘ladi — Hali kuzlar keladi, kuzlar.
Kunduzlar kechaga aylanib qoldi, Yana boshimizga yugurdi to‘fon. Sendan ayrildimu... Sen bilan qoldim — Yomon.
Yiqildingmi?... Ko‘zlaringda Buncha alam, Buncha alam! Ustu boshi chang ko‘rmagan, Dard ko‘rmagan Erka bolam!
Tegirmon toshi misoli Sahna aylanar, Bahodir. Kunlarimiz bug‘doy doni — Sahna aylanar, Bahodir.
U payt palto kiymas edi qish, Qo‘lqopi yo‘q edi qo‘lida, Qish — yamoqli, ardoqli kalish — Oyoq qo‘ysang — qorga ko‘milar...
Kunduzlari bedardlik yomon, Kechalari beomon og‘riq. Eshikni och, turibman vayron Derazada sollangan yorug‘.
Berilib tortasiz yonoqqa yolqin — Ko‘zgu qarshisida — sochingiz yoziq. Baxmal vujudimni ko‘tarib tolg‘in, Men shiftga sahardan turibman osiq.
Qismatim ne bo‘lg‘usin ey ko‘kda shohim bilmadim, Ul falak yo ishqda rohim yoki chohim - bilmadim, Sezmadim jon og‘rig‘in hajringni tokim bilmadim, Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim bilmadim, Bu g‘azabkim ayladi mohim, gunohim bilmadim.
Ish. Choy. Suhbat. Ovqat. Yana ish. Hamma narsa o‘ylangan. Puxta. So‘ng sen kelding. Boshlandi yonish Muvozanat yo‘qoldi. Nuqta...
Uzun kechalar keldi. Xatoni kashf etmoqni, Xatoni mahv etmoqni O‘ylashga yetdi fursat.
Qishga "xayr-xo‘sh"ni iymanib aytdi, Bahorga — ko‘ngli bor — nim jilmaydi mart. Mening ketgan do‘stim bir tunda qaytdi, Bir tunda kurtakni yorib chiqdi barg.
Daraxtlarni zulumot ko‘mdi. Daraxtlarga qarg‘alar qo‘ndi. Zulumotni oralab, noxush Qanot qoqib, o‘tdi bir boyqush.
O‘lim bordir — tiriklik yuksalishda doim hushyordir. Tiriklarga tiriklikdan jabr-u sitam lek bisyordir. Qaro tuproqqa kirmoqdan endi men ne uchun qo‘rqay— Qaro yerning tagida sen kabi bir yaxshi do‘st bordir.
U — osmondan tushgan dahriy qush — Yoqib yuksak hayotlarini, Odamlarga in’om qilar xush — Yulduz hidli qanotlarini...
Sahro — cheksiz jondor — meni yutadi, Yгtadi to‘rt taraf — to‘rt tubsiz ummon. Tunday fojiamni tunlar kutadi... Xavotir horitdi. Men qurdim qo‘rg‘on.
Qaro tunda — Boysun tog‘ida Uchta do‘stim yoqadi gulxan. Va gulxanning tegarasida Qorong‘ulik zich tortar birdan.
Zanjirband it huradi, Tunga qarab g‘ingshinar... Gulbutaning tagida O‘ltiradi ajina...